Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi hokimlarning g‘alla yetishtiruvchilar faoliyatiga har qanday aralashuvi taqiqlanadi
16.11.2021 15:07,  
147

Prezident 15 noyabr kuni tegishli qarorga imzo chekdi.

Hujjatga muvofiq, 2022 yildan ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.

2022 — 2024 yillarda klasterlar va fermerlar har gektar maydondan o‘rtacha 2,5 tonnadan bug‘doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin sotadi.

Endilikda, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar agrotexnik tadbirlar o‘tkazish, kreditlardan foydalanish, bug‘doyni sotish jarayonlariga aralasha olmaydi.

Mazkur qaror bilan o‘rnatilgan tartibni Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, vazirlik va idoralarning hujjatlari bilan vaqtinchalik to‘xtatib turish yoki qayta ko‘rib chiqish qat’iyan man etildi.

Har yili 1 avgustga qadar bug‘doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан