Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi hududlarni toifalarga SEOA ajratadimi?
5.06.2020 14:09,  
268

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— 2020 yil 4 iyun kuni SEOAning rasmiy sahifalarida tuman va shaharlarning toifalar bo‘yicha yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi. Endi Respublika maxsus komissiyasi emas, Agentlik tomonidan hududlar toifalarga ajratiladimi?

— Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi yig‘ilish bayoni bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga tuman (shahar)larning toifalarini o‘zgartirib borish vazifasi yuklatilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, joriy yil 2 iyun holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kiritilgan takliflar, bemorlarni butunlay sog‘ayishi hamda epidemik vaziyatni e’tiborga olib Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tuman (shahar)larning toifalarini o‘zgartirildi.

Endilikda shu tartibda har haftada o‘zgartirish ishlari tizimli olib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан