Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijod va ixtisoslashtirilgan maktab xodimlari maoshiga 100 foiz oylik ustama to‘lanadi
12.03.2020 15:23,  
3116

“Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv rejalari va dasturlari yangidan ishlab chiqiladi, ularda interaktiv tarzda chuqurlashtirib o‘qitiladi.

Qaror bilan ushbu maktablarni otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktiriladigan OTMlar, vazirlik va idoralar, hokimliklar ro‘yxati tasdiqlandi hamda ularga vazifalar yuklandi.

Qarorga ko‘ra, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda dars va fakultativ mashg‘ulotlarni olib borishda ilg‘or xorijiy mamlakatlarning e’tirof etilgan darsliklaridan foydalaniladi.

2020 yil sentyabrdan boshlab:

  • mazkur maktablarning ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama to‘lanadi;
  • shuningdek, ularni ish haqi fondi hisobiga 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi;
  • ushbu maktablarda dars bergan OTMlar professor-o‘qituvchilarining asosiy ish joyidagi lavozim maoshlariga 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан