Endi litsenziyasiz yo‘lovchi tashigan haydovchilarning mashinalari jarima maydoniga qo‘yilmaydi — qonun loyihasi

Endi litsenziyasiz yo‘lovchi tashigan haydovchilarning mashinalari jarima maydoniga qo‘yilmaydi — qonun loyihasi

Bugun, 16 noyabr kuni MJtKga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda yig‘ilishda qatnashgan UzNews.uz muxbiri xabar bermoqda.

Loyihada avtomobilda yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanishga jarima miqdorini qariyb 3 baravarga qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, litsenziyasiz yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan haydovchilarning avtotransport vositasini jarima maydoniga olish bekor qilinmoqda.

Bundan tashqari, haydovchilar avtomobillarni belgilangan tezlikdan oshirib haydaganda, tezlikni o‘lchovchi maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan 5 km/coat ayrib tashlash mexanizmi joriy qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, amalda avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlarning avtomobillari jarima maydoniga olib kirishga shuningdek,  BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 50 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.