Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi noshirlik faoliyati uchun litsenziya talab etilmaydi
23.06.2020 11:18,  
143

2020 yil 16 martda “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan noshirlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilingan edi.

Bugun Vazirlar Mahkamasi tomonidan Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, joriy yil 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Endilikda tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga xabarnoma yuborishi kifoya.

Xabarnoma yuborilganidan keyin 1 ish kunida tasdiqnoma elektron ko‘rinishda xabardor qiluvchiga yetkaziladi.

Shu bilan birga, noshirlik va matbaa sohasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан