Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi pensiyaga chiqish uchun arxiv ma’lumotlari shart emas
25.06.2020 14:55,  
1947

Joriy yilning 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 396-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq endilikda, nogiron bolaning, shuningdek 16 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxsning oilaga tarbiyaga olgan (patronat) tutingan ota-onasiga xam, tarbiyaga olingan tutingan bolasi uchun  nafaqa tayinlash tartibi joriy qilindi.

Shuningdek, pensiya tayinlash uchun ish staji “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK) da mavjud ma’lumotlar asosida ham tasdiqlanishi belgilandi.

Qaror bilan, arxiv ma’lumotlarini taqdim etmasdan ish haqi miqdorini aniqlash:

2005-2016 yillar davri uchun – jamg‘arilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan;

2016-2018 yillar davri uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan;

2019 yil uchun – fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlaridan;

2020 yildan keyingi davr uchun – “YaMMT” IDAKda mavjud ma’lumotlardan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Qabul qilingan qaror, Hukumatimizning aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan qatlamiga bo‘lgan doimiy e’tiborning yaqqol ifodasidir. 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан