Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi shaxsni ushlash va uni himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etiladi
15.05.2020 15:15,  
204

“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” Qonun (O‘RQ-617-son, 14.05.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endilikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart.

Shuningdek, shaxsni ushlash, shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish protsessual harakatlari ham endilikda videoyozuv orqali qayd etilishi shart bo‘ladi.

Bundan tashqari, shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan protsessual majburlov chorasi va shaxs ushlab turilgan joyi to‘g‘risida uning yaqinlariga darhol xabar berilishi shartligi belgilandi. (Ilgari 24 soatdan kechiktirmasdan xabar berilishi shart bo‘lgan)

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан