Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi sudyalarga «ish»lar avtomatlashgan tizim orqali taqsimlanadi
11.03.2020 10:13,  
96

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan qator qonunlar va kodekslarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunga sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsimlashga oid alohida modda kiritildi.

Unga ko‘ra, sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvini hisobga olib, muhokama natijasidan manfaatdor shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda taqsimlanadi.

Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeks da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkinligiga oid norma bilan to‘ldirildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан