Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin
15.10.2021 12:27,  
119

Prezident 14 oktyabr kuni Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzolandi.

Kodeksning 99-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni belgilangan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishga haqli ekanligi belgilandi (bundan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i mustasno).

Shuningdek, soliq to‘lovchining O‘zbekistonning professional (kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar) va OTMlarida (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining) ta’lim olishi uchun yo‘naltiriladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Bu boradagi o‘zgartishlar esa kodeksning 378-moddasiga kiritildi. Eslatib o‘tamiz, ilgari ushbu imtiyoz faqat OTMlar bo‘yicha tatbiq etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан