Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi Toshkentda maxsus belgili avtobuslar harakatlanadi
26.03.2020 17:05,  
584

Toshkent shahrida jamoat transportlari qatnovi to‘xtatilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidan poytaxtga qatnab ishlovchi fuqarolarga hamda ular ishlayotgan korxona, tashkilot va muassasalarga transport xizmatini tashkil etishda “Toshshahartransxizmat” AJ shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.

Yo‘lovchilar xavfsizligi hamda transport vositasining texnik va sanitariya talablari asosida xizmat ko‘rsatishini bildirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida maxsus belgi tayyorlandi.

"Ushbu belgida transport vositasining turi hamda davlat belgisi ko‘rsatiladi va xizmat ko‘rsatuvchi korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Bu transport vositalarining texnik va sanitar holati talab darajasida ekanligi bildiradi",- deyiladi korxona xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан