Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Energetika vazirligi 3 ta GES qurish uchun €46,5 mln qarz olmoqda
25.08.2020 11:28,  
261

Energetika vazirligi Andijon viloyatida Paytoq kichik GESi, Janubiy Farg‘ona kanali 1A – kichik GESi va 2A – kichik GESi qurilishi hamda Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun Fransiya taraqqiyot agentligidan 20 yil muddatga 55,8 mln yevrolik kredit olmoqda.

Tegishli kelishuv prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 28 noyabrdagi 4037-son Qarori doirasida Moliya vazirligi va FTA tomonidan imzolandi.

Keyingi bosqichda ushbu kredit mablag‘lari loyihalar doirasida tender savdolari asosida zamonaviy texnologik uskunalar xaridiga va qurilish ishlariga yo‘naltiriladi.

Qarz mvblag‘larining €46,5 mlni Paytoq kichik GESi, Janubiy Farg‘ona kanali 1A – kichik GESi va 2A – kichik GESi qurilishi uchun foydalaniladi. Ushbu GESlarning umumiy qiymati 52,5 mln yevroga baholanmoqda.

Investitsiya loyihalari doirasida 11,1 mln yevrolik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishi hamda 26,9 mln yevrolik texnologik uskunalar keltirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu yangi kichik GESlarni 2023 yilda foydalanishga topshirish ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaning amalga oshirilishi 51,2 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Chorvoq GESda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qiymati 33,95 mln yevroga teng “GES faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyiha”ni moliyalashtirish uchun jalb qilinayotgan kreditning 9,3 mln yevrolik qismi yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан