Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Energetika vazirligi: Afg‘onistonga beriladigan elektr energiyasi import qilingan mahsulotning bir qismi
13.01.2021 16:23,  
115

Afg‘onistonda tinch hayotni o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston va Afg‘on o‘rtasida elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan hukumatlararo kelishuv imzolangan. Unga ko‘ra tomonlarning majburiyatlari aniq belgilangan bo‘lib, ushbu kelishuvga asosan yillik 2 milliard 200 million kilovatt soat elektr energiyasini yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning ma’lum qilishicha, mazkur kelishuv doirasida yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ichki bozorga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlash maqsadida, qo‘shni davlatlar energotizimlaridan ham qo‘shimcha import qilinib, Afg‘onistonga uning bir qismi eksport qilinmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining yagona energotizimi Afg‘oniston energotizimi bilan faqatgina O‘zbekiston orqali bog‘langan, ya’ni yagona energotizim mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi faqatgina O‘zbekiston orqali eksport qilinishi mumkin.

Ushbu mavzular yuzasidan turli internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muzokaralar ayrim xollarda noto‘g‘ri raqamlar va faktlarga asoslangan bo‘lib, haqiqiy holatni aks ettirmayapti, deyiladi vazirlik bayonotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан