Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eng boy ukrainalik oligarx butun mamlakatni tiklashga va’da berdi
17.04.2022 04:51,  
521

Ukrainadagi eng boy oligarx Rinat Axmetov Mariupolni qayta qurish va butun mamlakatni tiklashga yordam berishga va’da berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Azovstal» va «Ilyich» metall zavodi egasining so‘zlariga ko‘ra, Mariupol «jahon qahramonlik namunasini» ko‘rsatdi. «Men uchun Mariupol Ukraina shahri bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — deya xulosa qildi u.

«Biz butun Ukrainani tiklaymiz», deb va’da berdi tadbirkor. Axmetovning so‘zlariga ko‘ra, u 23 fevral kuni Shveytsariyadan mamlakatga qaytgan va o‘shandan beri ketmagan.

Eslatib o‘tamiz , avvalroq Axmetovga tegishli SCM Group Rossiya ustidan sudga murojaat qilishini ma’lum qilgandi. Bu haqda biznesmen Bloombergga ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi vaqtida yetkazilgani aytilayotgan zarar uchun to‘lovlarni olishni kutmoqda. Milliarder, shuningdek, «Ukraina barcha tovon pullarini talab qiladi va to‘liq olishiga» ishonch bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан