Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eng foydali nonushtalar ro‘yxati e’lon qilindi
11.06.2019 10:40,  
261

“Sog‘lom ovqatlanish” milliy tadqiqot markazi eng foydali nonushtalar top-3 ro‘yxatini tuzdi.

Top-3da birinchi o‘rinni suli bo‘tqasi egalladi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, suli tarkibida beta-glyukan moddasi juda ko‘p. Bu uzoq vaqt to‘yinganlik hissini ushlab turishga yordam beradi.

Ta’kidlanishicha, suli butqasini suvda, shakarsiz va kam ishlov berilgan yormadan tayyorlash kerak. Suliga o‘simlik yog‘larini qo‘shishga ruxsat beriladi.

Ekspertlar turli yormalardan tayyorlangan yoki ular aralashmasidan butqalar pishirish tavsiya qiladi. Shu o‘rinda manniy va bug‘doy yormasi chiqarib tashlash yaxshiroq, ularda glikemik indeks juda yuqori bo‘ladi. Shuningdek, nonushtaga paketga solingan tayyor bo‘tqalar to‘g‘ri kelmaydi.

Reytingning ikkinchi o‘rinda mevali salatlar joy oldi. Olimlarning fikriga ko‘ra, mevalar kerakli vaznni saqlash va organizmni zarur vitaminlar bilan ta’minlashga yordam beradi.

Nonushtaga eng yaxshisi nok va olma iste’mol qilish kerak, ertalabdan uzum, banan va qovun yeyishni maslahat bermaydi.  

Oqsil moddasiga boy bo‘lgan nonushtalar ham organizmga foydali hisoblanadi. Xususan, olimlar ertalab tuxum va baliqdan tayyorlangan taomlarni maslahat beradi. Taomga dukkakli mahsulotlarni ham qo‘shish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан