Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eng kuchli va egasi bo‘lish istalmagan pasportlar
23.10.2020 09:31,  
840

2020 yili dunyodagi eng kuchli pasport Yaponiya pasporti ekan. Kunchiqar mamlakat yurtdoshlari dunyodagi 191 davlatga vizasiz borishlari yoki chet davlatga kirayotib, chegarada viza olishlari mumkin. Ikkinchi o‘rindagi Singapur pasporti bilan 190 davlatga ortiqcha dahmazasiz bora olasiz. 

Uchinchi o‘rindagi Janubiy Koreya va Olmoniya pasportlari o‘z egalariga 189 mamlakat eshiklarini lang ochib beradi. 

Men yashayotgan Kanada davlati pasporti bilan 181 ta chet davlatga vizasiz bora olaman. 2019 yildan beri ona-yurtim O‘zbekiston ham shular jumlasidan: ilk vatanimda bir oy qolishimga ruxsat beriladi. Undan oldin, men 2018 yil sentyabrda tug‘ilib-o‘sgan o‘lkamga borganimda, Vashingtondagi O‘zbekiston elchixonasiga borib, 70 dollarga 21 kunlik viza olgandim. 

Janubdagi qo‘shnimiz — amerikaliklar kanadaliklardan to‘rtta ko‘proq mamlakatga "vizani qayerdan olsam ekan?" degan savol bermay ketaverishadi.

Sobiq sho‘rolar davlatidagi Boltiqbo‘yi respublikalari pasportlari ham ancha kuchli bo‘lib, litvaliklar 181, latviyaliklar 180, estoniyaliklar 179 davlatga borish uchun viza g‘amiga tushmaydilar.

2019 yili Ovro‘pa Birligi davlatlariga vizasiz borish imkonini qo‘lga kiritgan ukrainaliklar ham pasportlari bilan faxrlanishsa arziydi — 129 davlat!

O‘rusiyaliklar — 117, turkiyalik qardoshlarimiz 111 mamlakatga bemalol borib-kelishadi. 

Endi o‘zimizning Markaziy Osiyoliklarga kelsak. Qozog‘iston pasporti mintaqadagi eng kuchli pasport ekan (75 davlat). Undan keyingi siralarni Qirg‘iziston (63), Tojikiston (58), Turkmaniston (53) egalladi.

Dunyodagi eng kuchsiz pasportlar O‘zbekistonning janubidagi qo‘shnisiga tegishli ekan: afg‘onistonliklar atigi 26 davlatga viza g‘amini chekmay sayohat qila oladilar.

Ha, aytgancha, O‘zbekiston pasporti egalari 57 mamlakatga bemalol borishlari mumkin.

PS: Yuqoridagi bilgilar "Henley & Partners"ning pasport indeksidan olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан