Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Eng obod masjid” va “Yil imomi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
10.03.2021 19:08,  
366

Bugun, 10 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida internet kuzatuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil tanlovi – 2020” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, Diniy idora mas’ul xodimlari, imom domlalar va mehmonlar qatnashdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, “Eng obod masjid” va “Yil imomi” yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ko‘p ovoz olgan nomzodlar g‘olib deb topildi.


“Eng obod masjid” yo‘nalishi:

1-o‘rin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidi;

2-o‘rin. Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Oxun bobo” jome masjidi;

3-o‘rin. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ramazon qori” jome masjidi.


“Yil imomi” yo‘nalishi:

1-o‘rin. Andijon viloyati Baliqchi tumani “Oqqo‘rg‘on” jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov;

2-o‘rin. Toshkent shahar Olmazor tumani “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov;

3-o‘rin. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Qo‘chqor ota” jome masjidi imom-xatibi Soliyev Muhammadjon.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан