Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eng qimmat va eng arzon ta’lim yo‘nalishlari kontrakt miqdori ma’lum bo‘ldi
6.10.2020 10:32,  
609

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir talabani bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kunduzgi bakalavr yo‘nalishida eng qimmat ta’lim sohasi jahon iqtisodiyoti va iqtisodiy munosabatlar hamda huquq bo‘lib, 2020/2021 o‘quv yili uchun to‘lanadigan kontrakt miqdori 13 964 334 so‘mni tashkil etadi. Eng arzon ta’lim yo‘nalishlari pedagogika, gumanitar fanlar, matematika, sotsiologiya, psixologiya, jurnalistika, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy ta’minot, sport, transport, atrof-muhit muhofazasi sohalari bo‘lib, yillik kontrakt miqdori 10 907 349 so‘mni tashkil etadi.

Magistratura va ikkinchi mutaxassislik kunduzgi yo‘nalishlarida ham jahon iqtisodiyoti va iqtisodiy munosabatlar hamda huquq sohalari eng qimmat ta’lim sohasi bo‘lib, yillik kontrakt miqdori 15 187 128 so‘mni tashkil etadi. Eng arzon ta’lim yo‘nalishlarida kontrakt miqdori 12 130 143 so‘m etib belgilangan.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан