Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Eng rasvo yo‘llar O‘zbekistonda. Bu muammoni 30 yildan beri yecha olmadik" — Alisher Qodirov
6.04.2021 20:31,  
238

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llari talabga javob bermasligini, bu muammoni bartaraf qilish uchun jiddiyroq ish olib borish kerakligini aytdi.

«O‘zbekistonda juda katta muammo sifatida yo‘l muammosi turibdi. Biz buni bartaraf qilish uchun jiddiyroq ish olib borishimiz kerak. Faqat nazariy javoblar bilan bu masalani yecha olmaymiz. 30 yildan beri yecha olmadik. O‘zbekistondagi yo‘llar talabga javob bermaydi», — degan u Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 6 aprel kuni o‘tkazilgan navbatdagi «Hukumat soati»da.

«Masalan, M-39 yo‘lda deyarli 10 yildan beri qatnayotgan bo‘lsak, Toshkentdan chiqib, Jizzaxga yetib olguncha kamida 3-4 ta avariya holatlari yuzaga keladi shaxsan o‘zimda. Kechqurun-ku umuman yo‘lda yurish haqida o‘ylash kerak emas, hayot uchun xavfli. Biz yo‘llarni yoritish haqida umuman gapirmayapmiz, chuqurlarga tushmay qolish, avtomobil balonlarini almashtirmaslik ehtimoli haqida gap bo‘lishi mumkin emas», — deydi deputat.

Alisher Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy kengash deputatlari 27 ta xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazgan bo‘lib, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘istondan o‘tgan haydovchilar O‘zbekistonning yo‘li har doim ular uchun eng noqulay va qiyin yo‘l bo‘lganini aytgan. «Biz O‘zbekistonga kelguncha 3-4 ta davlatdan o‘tib kelamiz va eng rasvo yo‘llar O‘zbekistonniki», — degan fikr bildirgan haydovchilar.

«Tojikiston xitoylik investorlar bilan hamkorlikda yo‘llarni qurgan. Biz esa o‘zimiz quramiz deb bitta yo‘lni 3-4 marta quryapmiz. Ehtimol, buni xorijiy sarmoyadorga berishimiz kerakdir, balki biz qilolmayotgandirmiz, mutaxassis yo‘qdir», — degan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev yo‘llar qurilishini izchil davom ettirish, bu sohada sifatni ta’minlash uchun malakali kadrlar tayyorlash zarurligini ta’kidlagandi. Prezident 2020 yil 28 yanvar kuni transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash masalasiga ham to‘xtalib, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tez fursatlarda Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан