Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sof.uz nashri yilning eng yaxshi blogerini aniqladi
11.11.2019 11:40,  
5061

Sof.uz nashri internet jurnalistikasi va ijtimoiy media sohasida yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil etgan edi. So‘rovnoma ikki bosqichda o‘tkazildi.

Sof.uz Telegram va Facebook kanalida nominatsiyalar uchun nomzodlar muxlislar yozgan izohlar asosida hamda saralandi. Izohlarda eng ko‘p zikr etilgan nomzodlardan 10 nafar bloger aniqlanib, onlayn so‘rovnoma tashkil etildi.

So‘rovnomada jami 11353 kishi qatnashdi. Natija quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Xushnudbek Xudoyberdiyev (4187 ta ovoz, 37%)
2. Nurbek Alimov (2158 ta ovoz, 19%)
3. Mubashshir Ahmad (1377 ta ovoz, 12%)
4. Umid G‘afurov (769 ta ovoz, 7%)
5. Xayrulla Hamidov (747 ta ovoz, 7%)
6. Nozim Safari (596 ta ovoz, 5%)
7. Temurmalik Tojiddinzoda (513 ta ovoz, 5%)
8. Isroil Tillaboyev (446 ta ovoz, 4%)
9. Muhrim A’zamxo‘jayev (282 ta ovoz, 2%)
10. Eldor Asanov (278 ta ovoz, 2%)

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rin huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevga nasib etdi. Xushnudbekning Telegramdagi kanalidan 166,7 ming kishi foydalanadi. Unda asosan ta’limga oid, huquqiy mavzular yoritiladi. Xushnudbek Facebook, Twitter va Instagram tarmoqlarida ham faol. Blogerlik faoliyatini xushnudbek.uz sayti orqali boshlagan.

Ikkinchi o‘rin sohibi Nurbek Alimov o‘zbek blogingida so‘nggi yillarda mashhur bo‘lgan blogerlardan. Telegram kanalida 17,3 ming obunachisi bor. Turli mavzularda (kitob, kino, siyosat) qalam tebratadi. So‘nggi paytda jahonda bestseller bo‘lgan kitob va kinoasarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, taqdim etmoqda.

Asosan diniy-ma’rifiy mavzularda yozuvchi Mubashshir Ahmad eng yaxshi blogerlar orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Mubashshir domlaning Telegramdagi obunachilari soni 19,3 ming kishi. U shuningdek, Facebook, Instagram tarmog‘ida ham faol. Mubashshir Ahmad "Islom hazorasi", "Olim olam va odam" va bir necha kitoblar muallifi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан