Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Epidemiolog: koronavirus sayyora aholisining 60%iga ta’sir qilishi mumkin
11.02.2020 20:27,  
1292

Koronavirusning yangi turi Yer yuzi aholisining uchdan ikki qismi orasida tarqalishi mumkin, deb bayonot berdi hongkonglik epidemiolog, professor Gabriel Lyan. 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, virus bilan zararlangan har bir shaxs 2,5 kishiga uni yuqtirishi mumkin. Shunda dunyo aholisining 60-80%i xavf ostida qoladi, deb hisoblaydi professor. Uning qayd etishicha, agar ushbu kasallikdan o‘lish darajasi 1% bo‘lgan taqdirda ham bu juda katta sondagi insonlar o‘limiga olib keladi. 

Hozirda asosiy vazifa epidemiya ko‘lami va virus tarqalmasligi uchun Xitoy qo‘llayotgan chora-tadbirlar nechog‘lik samarali ekanligini aniqlash sanaladi. Epidemiologning tushuntirishicha, agar bu choralar samarali bo‘lib chiqsa, boshqa davlatlar ham Xitoyning yo‘lini tutishi mumkin bo‘ladi. 

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Hubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi tarqalgani haqida xabar berdi. Ushbu virus hozirgi daqiqalargacha 43 141 kishini zararlagan, 1 018 kishi shu kasallik tufayli vafot etgan, 4 338 kishi esa kasallikdan butunlay sog‘ayib ketgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан