Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Er uchastkalarini ajratishda 2 mingdan ortiq qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘yilgan
8.06.2020 18:47,  
229

Auksionga chiqariladigan yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va u bo‘yicha xulosalar berish jarayoni vakolatli tashkilotlar tomonidan faqat elektron shaklda “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Suv ta’minoti idoralari tomonidan 536 ta, elektr ta’minoti korxonalari tomonidan 402 ta, kadastr idoralari tomonidan 359 ta, qurilish bo‘limlari tomonidan 340 ta, gaz ta’minoti korxonalari tomonidan 290 ta, «Uztelekom» AJ tomonidan 154 ta, hokimliklar tomonidan 102 ta, madaniy meros idoralari tomonidan 77 ta, ekologiya organlari tomonidan 50 ta, soliq organlari tomonidan 37 ta holatda yer uchastkalarini tanlash materiallarini kelishish va xulosalar berishda qonun buzilishga yo‘l qo‘yilgan.

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida, vakolatli tashkilotlarga 13 ta taqdimnoma va 324 ta ogohnoma kiritildi.

Qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 158 nafar mas’ul xodimlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.

"Aslida vakolatli tashkilotlar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmayotganligi natijasida tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalarini ajratishda sun’iy to‘siqlar yuzaga kelmoqda.

Bu kabi salbiy holatlar, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan islohotlarning «oyog‘iga bolta urilayotganligini» ko‘rsatmoqda.

Aslida, tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini ajratishda vakolatli tashkilotlardan ko‘p narsa talab qilinmaydi, o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlab qo‘yishsa kifoya" - deydi Davlat xizmatlari agentligi bosh maslahatchisi Isomiddin Latipov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан