Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga ta’qiq belgilanadi - qonun loyihasi
18.08.2020 17:22,  
209

“Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zLiDeP fraksiyasining videokonferens aloqa tarzidagi navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilindi. Bu haqda parlament Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur qonun loyihasi Oliy sud tomonidan Prezidentimizning 2019 yil 13 dekabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 6-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Qonun loyihasiga yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga ta’qiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish bo‘yicha ularning vakolatlarini cheklash, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish va shu kabilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritish taklif etilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан