Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erdog‘an Makronni musulmonlarga qarshi "ochiq provokatsiya" da aybladi
8.10.2020 11:44,  
1494

G‘arb davlatlari Ikkinchi Jahon urushidan tegishli saboq olmadilar. Bugungi kunda ushbu mamlakatlarda ksenofobiya va musulmonlarga nisbatan nafrat davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on aytib o‘tdi, deb yozadi Anadolu.

Unga ko‘ra, G‘arbda etnik va diniy asoslarda nafrat namoyishlari to‘planib qolgan muammolarni yashirish uchun foydalanilmoqda.

"Musulmonlarga qarshi hujumlar o‘zlarining muvaffaqiyatsizliklaridan e’tiborni chalg‘itmoqchi bo‘lgan Yevropa siyosatchilarining qo‘lida populizmning asosiy vositalaridan biriga aylandi", - dedi Erdo‘g‘an Anqarada.

Turkiya yetakchisi, misol tariqasida yaqinda Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronning musulmonlar va islomga oid bayonotlariga e’tibor qaratdi.

"Fransiya prezidenti "islom separatizm" atamasiga yo‘l qo‘yib, Islomni "tartibga solish" niyati borligini aytdi. Bu ochiqcha provokatsiya. Makron radikalizmga qarshi kurashishga umuman intilmaydi, faqat jamoatchilik fikrini o‘zining muvaffaqiyatsizliklaridan chalg‘itishga, totalitar tuzum asoslarini yaratishga harakat qiladi", - dedi Erdog‘an.

Turkiya Prezidenti Makronni o‘zi hech qanday tasavvurga ega bo‘lmagan mavzulardagi bayonotlarida ehtiyot bo‘lish kerakligini ta’kidladi.

 

 

Makron Islom dini «inqirozga uchragani» va bu musulmonlarning teskari reaksiyasini keltirib chiqarayotganini aytdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан