Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yerga asteroid yaqinlashmoqda
19.10.2020 10:29,  
1533

Yerga asteroid bilan to‘qnashuv xavfi tug‘ildi. Muzlatgich kattaligidagi asteroid AQShga prezidentlik saylovidan bir kun oldin Yerga qulashi mumkin, deb da’vo qilmoqda amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson.

"2018VP1 asteroidi, muzlatgich kattaligidagi kosmik tosh, biz tomon soatiga 25 ming mildan oshiq tezlikda (soatiga taxminan 40 ming kilometr) o‘tadi. U 2 noyabr kuni, prezident saylovidan bir kun oldin Yerga tegishi mumkin", - deb yozgan olim o‘z Instagram sahifada.

Asteroid zarar yetkazadigan darajada katta emas, deydi Tayson.

"Demak, agar dunyoning oxiri 2020 yilda kelsa, unda olamning aybi bo‘lmaydi", - dedi u.

Avgust oyida NASA bo‘linmalaridan biri 2018VP1 asteroidi Yerga minimal masofada 2 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:33 da yaqinlashishini ma’lum qildi. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, asteroid Yerdan 384 ming kilometr uzoqlikda uchadi. Ta’kidlanganidek, asteroidning Yer atmosferasiga kirishi ehtimoli 240 dan biri yoki 0,41 foizni tashkil qiladi. Asteroid 2018 yil 3 noyabrda topilgan. U Apollon guruhiga, ya’ni parvoz yo‘llari Yer orbitasini kesib o‘tgan asteroidlarga tegishli.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан