Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erkaklarda testosteron miqdorining yuqori bo‘lishi xavflimi?
10.03.2019 22:04,  
164

Erkaklar organizmdagi testosteron miqdorining yuqoriligi tromb (tomirda ivib qolgan qon) paydo bo‘lishiga va yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligini rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qilishdi Nyu-York universiteti va Gongong universiteti olimlari. Ilmiy ish natijalarini British Medical Journal e’lon qildi.

Qayd etilishicha, ekspertlar prostata saratoni ko‘rigidan o‘tgan 50 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan uch mingdan ortiq erkaklar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishadi. Ular testosteron miqdori yuqori bo‘lgan erkaklarning umumiy genlarini aniqlashga urinishadi.

Shundan so‘ng tadqiqotchilar Buyuk Britaniyaning Biobankiga murojaat qilishdi. Ular topilgan genlarni 392 mingdan ortiq har ikki jins vakillari genlari bilan taqqoslab ko‘rishadi. Taqqoslab ko‘rishdan asosiy maqsad ushbu genlar va trombning yuqori paydo bo‘lishi, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligi yoki yurak xuruji o‘rtasidagi bog‘liqni aniqlashdan iborat edi.

O‘tkazilgan tadqiqot yakunida ekspertlar testosteron miqdorining yuqori bo‘lishi trombning paydo bo‘lish xavfini 2 baravarga, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligi rivojlanishini esa qariyb 8 baravarga oshirishi haqidagi xulosaga kelishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан