Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eron milliy valyutasidan to‘rtta nolni qisqartirish uchun harakat qilmoqda
21.08.2019 23:14,  
47

Chorshanba kuni Eron prezidenti mamlakat parlamentiga Islom respublikasining milliy valyutasi riyoldan to‘rtta nolni olib tashlash haqidagi qonun loyihasini yubordi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Qonun ijodkorlariga taqdim etilgan ushbu loyiha orqali prezident Hasan Ruhoniy hukumati Eronda muhokama va bahslarga sabab bo‘layotgan riyol, noqonuniy bo‘lsa-da, keng  tarqalgan tuman bo‘yicha amalga oshirilayotgan pul siyosatiga jiddiy munosabatini bildirgan. Hozirda bir tuman o‘n riyol qiymatga ega.

Agar qonun loyihachilar tomonidan ma’qullanib, parlamentdan o‘tkazilsa, Eron Markaziy Banki riyolni devalvasiya qilib, uni tuman deb qayta nomlaydi.

Yangi tuman valyutasini yaratish uchun bankka ikki yillik muddat kerak bo‘ladi. Bu bilan 1930 yildan buyon rasmiy ravishda foydalanilmayotgan valyuta nomi qaytariladi.

Mas’ullar yangi valyutani yaratish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar bo‘yicha hech qanday taxminlar bildirishmagan.

Eron riyolining qadrsizlanishiga sabab AQSh sanksiyalaridir.

Chorshanba kuni 1 AQSh dollari 116500 riyolga tenglashdi. 2015 yilning ayni shu vaqtida 1 dollar 32000 riyolga teng bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан