Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eron qo‘shni davlatlarni hujum qilmaslik shartnomasi imzolashga chaqirdi
27.05.2019 18:53,  
18

Eron Fors ko‘rfazi mamlakatlariga o‘zaro hujum qilmaslik shartnomasi imzolashni taklif qildi.

Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif aytishiga qaraganda, Tehronning ushbu tashabbusi hududda barqarorlik o‘rnatishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshida BAAda Saudiya neft tankerlariga hamda neft quvurlariga noma’lum shaxslar tomonidan hujumlar uyushtirilgan edi. Keyinroq AQSh hukumati ushbu hujumlarda Eron qo‘li bor deb xabar tarqatdi. Saudiya qiroli Arab mamlakatlari rahbarlarining favqulodda majlisini chaqirgan edi. 24 may kuni esa AQSh Fors ko‘rfaziga 1500 nafar harbiylarni olib kelishini e’lon qildi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, AQSh Eronga qanchalik po‘pisa qilmasin, Fors ko‘rfazig harbiy kemalarini keltirmasin – Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jang qilishni istamaydi. AQSh birovlar qo‘li bilan, ushbu holda arab mamlkatlari qo‘li bilan Eronga  zarba berishni istaydi.

Aynan shu sababli Eronning ushbu tashabbusi o‘rinli va to‘g‘ri qadamdir. Bu bilan Tehron birinchidan – o‘zining tinchlik tarafdori ekanini ko‘rsatdi, ikkinchidan esa Iroq va Qatar kabi mamlkatlar ushbu shartnomani imzolab, Eronning ittifoqchisiga aylanishlari mumkin. Kelajakda esa, ushbu shartnomani BAA va Ummon ham qo‘llab-quvvatlashi mumkin.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан