Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronda 25 million kishi koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin - prezident
18.07.2020 19:20,  
821

Eronda 25 million kishi koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin va kelajakda bu raqam 30-35 milliongacha ortishi mumkin. Bu haqda Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyga tayanib, Mehr yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan, ya’ni 150 kunida 14 ming kishi vafot etgan.

Mutaxassislar so‘zlariga tayanib Ruhoniy kelajakda shifoxonalarda davolanayotganlar soni ikki baravar ko‘payishini aytdi. Pandemiyaning 150 kuni davomida 200 ming kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Ruhoniy shuningdek, Eron sog‘liqni saqlash tizimida koronavirus infeksiyasiga qarshi beshta dori vositasidan foydalanish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан