Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronda koronavirusga chalinganlar soni 300 mingga yetdi
31.07.2020 17:11,  
116

Eronda koronavirus infeksiyasi holatlari soni 300 mingdan oshdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Sima Sadat Lari ma’lum qildi. 

IRINN telekanalida chiqish qilgan vakil so‘nggi 24 soat ichida 2621 ta koronavirus infeksiyasining yangi holati aniqlangani, 226 kishi vafot etganini ta’kidladi. 

Rasmiylar mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida birinchi marta e’lon qilgan 19 fevraldan beri kasallanganlarning umumiy soni 301 530 ga, qurbonlar soni - 16 569 ga etgan. Ayni paytda, tuzalib ketganlar soni kamida 261 200 ga etdi.

Eronda epidemiologik vaziyat sakrab-sakrab rivojlanmoqda: mart oyi oxirida - aprelning boshlarida kasallanish to‘lqini (kuniga 3 mingdan ortiq holat) o‘tib, may oyining boshlarida mamlakatda mingdan kam holatlar qayd etildi, shundan keyin vaziyat yana yomonlasha boshladi - iyun oyi boshlarida yangi infeksiyalanganlar anqilana boshladi va u mart oyidagi statistikalardan ortib ketdi. Shu bilan birga, so‘nggi ikki oy ichida o‘lim darajasi sezilarli darajada oshdi - ikki xonali raqamdan uch xonaliga qarab o‘zgardi.

Iyul oyida Eronda koronavirus qurbonlari bo‘yicha antirekord besh marta yangilandi. Eng oxirgi antirekord 28 iyul kuni qayd etildi - 235 o‘lim. 

Epidemiologik vaziyatning yomonlashishi munosabati bilan rasmiylar 5 iyuldan boshlab rasmiylar mamlakatning noqulay hududlarida jamoat joylarida va yopiq joylarda niqoblarni majburiy kiyishni joriy etishdi. Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat iyun o‘rtalarida boshlangan koronavirusning ikkinchi to‘lqinini boshdan kechirayotganini aytgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан