Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronda mamlakatning yetakchi yadro fizigi Muhsin Faxrizoda o‘ldirildi. U «Eron bombasi otasi» nomi bilan shuhrat qozongandi
28.11.2020 07:24,  
873

Tehron yaqinida mamlakatning yetakchi yadro fizigi Muhsin Faxrizoda suiqasd oqibatida o‘ldirildi, deb yozmoqda Meduza. Bu haqda The Times of Israel xabar bergan, Eron Mudofaa vazirligi tasdiqlagan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Faxrizoda mashinasiga terrorchilar hujum qilgan. Olim uning qo‘riqchilari va hujumchilar o‘rtasidagi otishmada jiddiy jarohat olgan va keyinchalik kasalxonada vafot etgan.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning aytishicha, jinoyat sodir etilgan holat ortida Isroil turgan bo‘lishi ehtimoli bor, degan fikrga kelishga asos bo‘lishi mumkin.

Faxrizoda Eron yadro dasturining yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri edi, 2018 yilda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu olimni Tehronning barcha yadro loyihasining rahbari ekanligini aytgan. OAVlar uni «Eronlik Oppengeymer» va «Eron bombasining otasi» deb atagan. Qayd etish joizki, Eronda yadro quroli hozircha yaratilmagan.

2020 yil yanvar oyida Iroqda amerikaliklar Eronning eng nufuzli generali hisoblangan general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirgandi. Bu AQSh va Eronni urush yoqasiga keltirib qo‘ygandi. Ziddiyat Tehron Amerika harbiy aviabazasiga rasmiy havo hujumi bilan javob berganidan so‘ng hal bo‘lgan. O‘sha paytda u yerda harbiylar bo‘lmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан