Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronda o‘n ming mahbus afv etilyapti
19.03.2020 11:23,  
222

Eron oliy diniy yetakchisi Ali Xomanaiy 20 mart, juma kuni Eron yangi yili (Navro‘z) munosabati bilan 10 ming mahbusni afv qiladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar qilyapti

Xomanaiyning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy mahbuslar va xavfsizlikka tahdid tug‘dirgani uchun qamoqqa olinganlar ham kechiriladi. “Kim afv qilingan bo‘lsa, qamoqqa qaytarilmaydi”, degan u. 

Avvalroq BMT va AQSh Eronni mahbuslar va kasalliklar bilan to‘lib ketgan qamoqxonalarini bo‘shatishga chaqirgandi. Bundan tashqari, Vashington Eron qamoqxonalarida vafot etadigan har qanday amerikalik mahbusning mas’uliyati rasmiy Tehron zimmasiga tushishi bilan ogohlantirgan.

Koronavirus o‘ta tez tarqalishi tahdidi ostida qolgan Eronda shu oy boshida 85 ming mahbus, shu jumladan, siyosiy mahbuslar ham vaqtinchalik, garov evaziga ozodlikka qo‘yib yuborilgan, bu qaror kasallik tarqalmasligiga chora sifatida izohlangan edi.    

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Erondagi maxsus ma’ruzachisi Javod Rahmonning bildirishicha, mamlakat qamoqxonalarida ayni paytda 189 500 mahbus bo‘lib, o‘tgan yil noyabr oyidagi aksilhukumat namoyishlar vaqtida ham yuzlab insonlar hibsga olingan. 

Eron Islom Inqilobi muhofizlari korpusi so‘nggi yillarda ko‘plab qo‘shfuqarolikka ega bo‘lgan – ham Eron, ham AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Avstriya, Fransiya, Shvetsiya, Niderlandiya va Livan fuqaroligiga ega shaxslarni hibsga olgan.

Tehron bu insonlarni siyosiy sabablarga ko‘ra tutib turganini inkor etib, ularning aksariyatini josuslikda ayblab keladi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан