Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erondagi aviahalokatda omon qolgan yagona odam haqidagi hikoya tarmoqdagilarning kulgisiga sabab bo‘ldi
17.01.2020 14:29,  
4833

Internetda Eronda ukrain samolyotining halokatga uchrashi natijasida ekipajdan birgina odam tirik qolganligi haqida hikoya tarqaldi. Hikoya rost-yolg‘onligi haqida biror ishonchli ma’lumot yo‘q. Shunga qaramasdan qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Hikoya mazmuni quyidagicha: Ukrain samolyotining halokatga uchrashi oqibatida yagona tirik qolgan inson Hoji Abu Abbosdir. U yo‘lga otlanishidan oldin rafiqasiga “Ertaga Ukrainaga ketyapman, senga nima olib kelay?” – deydi. Rafiqasi “Siz omon-eson kelishingizni Allohdan so‘rayman xolos”, deb javob qiladi. Samolyot parvozi chog‘ida raketa urilib barcha halok bo‘ladi, ammo Abu Abbos tirik qoladi. Chunki u ikkinchi xotinining uyida tunagan. Endi u uyiga qanday qaytishni bilmayapti. Bu erkakning uyiga qaytib bolalarini ko‘rishiga biror yordam bera olamizmi, deb tugaydi hikoya.

Ayrimlar hikoya qahramoni aeroportga ham chiqmagani, rafiqasini aldab ikkinchi xotininikiga borganini aytib kulmoqda. Ikkinchi xotinga uylanishning foydasi ham bor ekan, deydi ba’zilar. Uyiga borish uchun ikkinchi ayoli borligini ochiq tan olish mardlik bo‘ladi, deganlar bor. Yoki bir umr ikkinchisi bilan qolib ketishini taklif qilishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан