Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jastin Tryudo: “Erondagi keskin vaziyat bo‘lmaganda edi...”
14.01.2020 10:42,  
563

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Ukraina Boing samolyotining aviahalokatiga Erondagi keskin vaziyat sabab bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Halokat oqibatida 57 kanadalik vafot etgani aytilmoqda.

Tryudoning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron atrofida keskin vaziyat bo‘lmaganda edi, vafot etgan barcha kanadaliklar hozir uylarida o‘z oilasi bag‘rida o‘tirgan bo‘lardi.

"Bunday halokatlar ixtilof va urush paytida yuz beradi. Bu holatda Eron barchasini tan olishi va kompensatsiya qilishi kerak bo‘ladi", dedi Bosh vazir.

Eron poytaxti Tehrondan Ukraina poytaxti Kiyev shahriga PS 752 raqami bilan parvozni amalga oshirayotgan, bortida 176 yo‘lovchi, shu jumladan, 9 ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 737-800 samolyoti 2020 yil 8 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:12 da Imom Humayniy xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan va oradan 2 daqiqa o‘tib, aeroport yaqinidagi Parand mavzesida qulab tushgandi.

Mavzuga doir: Tehronda qulagan samolyot yo‘lovchilarining aksari Eron va Kanada fuqarolari bo‘lgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан