Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erondagi O‘zbekiston fuqarolari va ularning qarindoshlari diqqatiga!
6.03.2020 12:30,  
898

2020 yil 1 martdan boshlab Tehron shahridagi O‘zbekiston Elchixonasi huzurida Ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, u Eronda COVID-19​ koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashganiga qadar tunu kun faoliyat yuritadi.

Tashqi ishlar vazirligining Erondagi elchixonaga tayanib ma’lum qilishicha, hozirgi paytda 50 ga yaqin hamyurtlarimiz turli sabablarga ko‘ra Eronda bo‘lib turibdi. 6 mart holatiga ko‘ra, ular orasida koronavirus bilan kasallanganlar qayd etilmagan.

Elchixona Eron tomonining vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, Ishchi guruh a’zolari uchrashuvlar, tushuntirish ishlari olib bormoqda, shuningdek, vatandoshlarga konsullik huquqiy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.

Elchixona rasmiy veb-sayti va «Telegram» messenjerida tashkil etilgan maxsus guruh orqali O‘zbekiston fuqarolariga Eron hukumati o‘rnatgan me’yor va qoidalariga, ehtiyotkorlik sanitariya choralariga qat’iy rioya qilishlarini, vatanga qaytish yoki boshqa bir qarorga kelishdan oldin, hotirjamlik va ehtiyotkorlik bilan xulosa chiqarishni tavsiya etadi.

Shuni yodda tutish joizki, Erondan Toshkentga qaytgach O‘zbekiston fuqarolari maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi elchixonasidagi Ishchi guruh bilan bog‘lanish ma’lumotlari:

Tel: +98 2122832071; +98 2122299780;

Kosturayev Kosturajon (konsul), tel.: +98 91201327823.

Elchixonaning Internet manbalari:

Elchixona veb-sayti: http://uzbekembassy.ir/

Telegramdagi “Citizens of Uzbekistan in Iran” guruhi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан