Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Erondan qochib Isroil bilan kelishgan BAA yangi sherigidan energetika fazoni tadqiq etishni o‘rganmoqchi
17.09.2020 14:15,  
136

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari Yaqin Sharqdagi yahudiy davlati Isroil davlati bilan munosabatlarni normallashtirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edik.

Chorshanba kuni CNBC telekanaliga intervyu bergan Amirliklar Iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Touq BAA va Isroil o‘rtasidagi kelishuvdan butun Yaqin Sharq manfaat ko‘rishini aytdi.

"Ikkala xalq ham stolga turli fikrlar, turli xil afzalliklarni qo‘yishdi va menimcha, bu kelishuvdan butun mintaqa foyda ko‘radi", - dedi janob Touq.

Eron, Turkiya va Falastinliklar BAA va Bahraynni Isroil bilan aloqalarni o‘rnatganliklarini qoraladi.

Bin Touqning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati va Isroil bir-biridan endi "umumiy kelishuv" mavjudligini bilib olishadi. "Qolgan barcha kelishuvlar aviatsiya, logistika va texnologiyalar bo‘yicha amalga oshiriladi".

 “Ular bizdan logistika va hablar haqida, turizm va aloqalarni o‘rganishadi”, - dedi vazir, - Biz esa ulardan energetika, suv hamda kosmonavtikani o‘rganishimiz mumkin. Bular bizga juda ma’qul sohalar”.

Isroilning BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni yangitdan normallashtirishi bu uchchala davlatning Eron bilan umumiy raqibligiga mos tushadi.

Yangi kelishuvlar Isroilning Falastin bilan uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan ziddiyatiga ta’sir qilmadi. Seshanba kuni, Oq Uydagi kelishuvlar tantanasi vaqtida Falastin jangchilari Isroilni raketadan o‘qqa tutdi. Chorshanba kuni esa Isroil harbiylari G‘azoga aviazarbalar berdi.

Atlantika kengashidagi Rafiq Hariri markazi va Yaqin Sharq dasturlari direktori Uilyam Veksler o‘tgan hafta o‘zining blogida Yaqin Sharqdagi beqarorlik haqida ogohlantirar ekan, Bahrayn va BAA Isroil bilan "arab bo‘lmagan mintaqaviy kuchlarga" qarshi ochiq ish olib borayotganini aytdi. U Eron, Turkiya va Rossiyani alohida tilga oldi.

"Ko‘p ishtirokchilar va noaniq kelajagi bilan bu yangi mintaqaviy geosiyosat, ehtimol biz odatlanib qolgan barqarorlikdan ham xavfli bo‘lishi mumkin", - deb yozadi Veksler.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан