Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronga koronavirus qaytmoqda - mamlakatda o‘lim bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi
7.07.2020 17:31,  
616

Eronda koronavirus qurbonlari soni rekord darajada qayd etildi - bir kunda 200 kishi vafot etdi, deya xabar beradi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Sima Sadat Lari.

IRINN telekanalida efirga uzatilgan brifingda SSV vakili o‘tgan kun davomida 2,337 yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanganini ma’lum qildi.

Mamlakatda ilk marotaba COVID-19 infeksiyasi qayd etilgan 19 fevraldan beri jami koronavirusga chalinganlar soni 245 688, vafot etganlar soni esa 11 931 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, 207 000 kishi tuzaldi.

14 iyun kuni Eronda ikki oydan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta kunlik koronavirus qurbonlari soni 100 dan ortdi, bundan oldin o‘lim statistikasi bo‘yicha uch xonali raqam oxirgi marta 13 aprelda qayd etilgan edi.

Iyun oyining boshlarida Eronda koronavirus yuqtirganlar soni sezilarli darajada ko‘payishi mamlakatdagi diniy amallar va ko‘plab odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan joylar, jumladan masjid va restoranlarning ochilishi tufayli deb tahmin qilinmoqda. 

Epidemiologik vaziyatning yomonlashishi munosabati bilan Eron rasmiylari 5 iyul kuni mamlakatning epidemiologik vaziyat yomon hududlarida, jamoat joylarida va yopiq joylarda niqoblarni majburiy taqishni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан