Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronlik ayollarning stadionga kirishiga ruxsat berildi
10.10.2019 00:42,  
83

Eronlik ayollar oxirgi qirq yilda ilk bor futbol bo‘yicha mamlakat terma jamoasini stadiondan turib qo‘llab-quvvalash imkoniyatiga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Yevronyus”.

2020 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida bugun, 10 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Eron – Kamboja o‘yinida ayollar uchun stadionda alohida tribuna ajratildi.

FIFA bir necha bor Eronni ayollarni futbol o‘yinlariga kiritishga chaqirgan edi. Shu paytgacha eronlik futbol muxlisalari o‘yinlarni uyda yoki savdo markazlarida, kafelarda tomosha qilar edi.

O‘tgan oyda eronlik Sahar Xudoyoriy ayollarning stadionga kirishiga qo‘yilgan taqiqqa norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ydi va kasalxonada vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан