Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eronlik teleboshlovchi 13 yillik yolg‘on uchun uzr so‘rab, ishdan ketdi
14.01.2020 15:34,  
2697

Eron davlat ommaviy axborot vositalarida ishlab kelgan ikkita jurnalist o‘z ishidan voz kechdi va xalqdan 13 yillik yolg‘onlari uchun uzr so‘radi. Xodimlarning ishdan ketishi Tehrondagi norozilik namoyishlari va Ukraina fuqarolik samolyotining adashib urib tushirilishidan so‘ng yuz bergan.

MAVZUGA DOIR: Ukrainaga tegishli Boeing samolyoti halokatini Rossiya televideniyasi qanday yoritdi?

Fox Newsʼning xabar berishicha, ishdan ketishdan avval jurnalistlardan biri o‘zining Instagram sahifasida uzrini e’lon qilgan, lekin keyinchalik post o‘chirilgan.

“Odamlarimizni o‘ldirilganiga ishonishim juda qiyin bo‘ldi... 13 yil davomida aldab kelganim uchun meni kechiringlar”, — deyilgan edi postda.

Shuningdek, yana bir qancha teleboshlovchilar yuqoridagi kabi fikrlarni bildirishgan. 21 yil davomida televideniyeda ishlagan yana bir jurnalist-boshlovchi ayol ham ketishga qaror qilganini va boshqa hech qachon OAV sohasida ishlamasligini aytgan.

MAVZUGA DOIR: Eron-AQSh mojarosidan O‘zbekistonga nima?

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 8 yanvar kuni ertalab “Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasiga qarashli samolyot Eronda halokatga uchragan edi.

Samolyot Tehrondagi Imom Xomanaiy aeroportidan ko‘tarilgandan so‘ng qulab tushgan. Xabarlarga ko‘ra, samolyot bortidagi barcha yo‘lovchilar (170 ga yaqin) halok bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Eron harbiylari “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Boeing 737-800 samolyoti xato sababli “dushman uchog‘i” deya qabul qilinib urib tushirilganini tan oldi va Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif o‘z Tvitterida Tehron yaqinida “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning samolyoti “tasodifan” urib tushirilganini xabar berdi. Zarifga ko‘ra, “halokatga AQShning provokatsiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz davridagi “inson xatosi” omili sabab bo‘lgan”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан