Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
12.03.2021 13:57,  
401

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning  tezligi sekundiga  12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasida  havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda  qor yog‘adi. G‘arbdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol  esadi.  Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha  tezlashishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.  

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda  qor yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.  Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha  tezlashishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.  Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha  tezlashishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha  tezlashishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 12-17  daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo  va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha  tezlashishi mumkin.  Kechasi 10-15, kunduzi  12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi  12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi).  Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda  tuman  tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha  tezlashishi mumkin. Kechasi  0-5, kunduzi  4-9  daraja iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан