Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ertaga Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi mumkin
9.05.2020 22:42,  
276

O‘zgidrometning xabar qilishicha, bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan navbatdagi nam havo oqimi kirmoqda.

Bugun kechga borib ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ldi. 

Mamlakat hududida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin.

10 mayda respublikada yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati 3-5 darajaga ko‘tariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан