Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ertaga «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi boshlanadi
1.10.2019 17:38,  
109

Shu yilning 2-4 oktyabr kunlari «TASHKENT BOOK FEST – 2019» — I Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda yetti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya davlatdan 16 ta nashriyot va kitob savdo tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar.

Shuningdek, O‘zbekistondagi elchixona va xorijiy kompaniyalar, xususan, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi, Koreya Respublikasi elchixonasi, Toshkent shahridagi Gyote instituti vakillari ham ko‘rgazma-yarmarka ishtirokchilari bo‘lishadi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi 30dan ortiq davlat va xususiy nashriyot hamda kitob savdo tashkilotlari ham mahsulotlarini namoyish etadilar.

Ko‘rgazma doirasida qiziqarli kitoblar taqdimotlari, mushoiralar, intelektual o‘yinlar, adiblar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy viktorinalar, davra suhbatlari hamda mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi «O‘zekspomarkaz» (Atrium)da bo‘lib o‘tadi. Kirish — bepul.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан