Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum bo‘ldi
23.11.2019 18:03,  
4567

«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 24 noyabr, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 2—4 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10—15 daraja, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—15 daraja, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 4 daraja sovuq — 1 daraja iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан