Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ertaga O‘zbekistonga Ural hududlaridan deyarli sovuq antitsiklon kirib kelishi bashorat qilinmoqda
19.04.2021 13:58,  
728

Sinoptiklarning ma’lum qilishlaricha, bugun O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 24-27° iliqgacha isiydi.

20-21 aprelda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, so‘ng Ural hududlaridan deyarli sovuq antitsiklon kirib keladi.
20 aprelda kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 12-17° iliq, kunduzi 17-22° iliq atrofida bo‘ladi.
21 aprelda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati 13-18° iliqgacha pasayadi.

Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21 aprelda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 20-21 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor. Ish haftasining ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi.

22 aprelda sovuq antitsiklon periferiyasida harorat kechalari 3-8° iliqgacha pasayadi, kunduz kungi harorat esa asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va kunduzi havo 17-20° iliqgacha isiydi, 23 aprelda esa 22-25° iliqgacha ko‘tariladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2200 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

21-24 aprel kunlari O‘zbekistonda ob-havo quyidagicha kuzatiladi:

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 22 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 23 aprelda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 24 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 22 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 23 aprelda kechasi

8-13° iliq, kunduzi 25-30° iliq, 24 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 21 aprelda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22-24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi

7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 22 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 23 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq,

24 aprelda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 22-23 aprelda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 23-28° iliq, 24 aprelda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 21 aprelda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22-24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi

10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 22 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 23 aprelda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° iliq,

24 aprelda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, 21 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22-24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 aprelda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliqdan 2° sovuq-3° iliqgacha o‘zgarib turadi, kunduzi 21 aprelda 4-9° iliq bo‘ladi, 22-24 aprelda 12-17° iliqgacha ko‘tariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан