Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
10.08.2020 14:42,  
967

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq va issiq bo‘ladi, harorat 33-38 darajani tashkil qiladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi 15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zgidrometning xabar berishicha, 10 avgust soat 20:00 dan – 11 avgust soat 20:00 gacha O‘zbekistonda quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

TOShKENT ShAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23°, kunduzi 33-35° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 19-24° bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан