Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ertaga Toshkentda bir nechta ko‘cha yopiladi
5.12.2020 22:17,  
375

II Xalqaro Toshkent marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan 2020 yilning 6 dekabr kuni soat 10:00 dan 14:15 ga qadar poytaxt markazidagi bir qator ko‘chalar avtomobillar harakatlanishi uchun yopiladi.

Jumladan:

— Afrosiyob va Oybek ko‘chalarining bir qismi – «O‘zbekiston» metro bekati chorrahasidan Nukus ko‘chasigacha;

— Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

— Abdulla Qodiriy ko‘chasining Istiqbol ko‘chasidan Abdulla Qodiriy bog‘i yaqinidagi aylanib qaytish yo‘ligacha (razvorot) bo‘lgan qismi;

— Beshyog‘och ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

— Islom Karimov shoh ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan «O‘zbekiston» metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan qismi.

«Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан