Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ertalabki bosh og‘rig‘ining sabablari
23.09.2018 20:06,  
2055

Boshning ertalabdan og‘rishi butun kuningizning noxush o‘tishiga sabab bo‘ladi. Bosh og‘rig‘ining sabablari har xil bo‘lishi mumkin — bir kun oldin ichilgan spirtli ichimlikdan tortib jiddiy kasalliklargacha, — shuning uchun bu holatni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim.

  1. Siz kam uxlaysiz

Organizm to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi uchun 7—8 soat uyqu talab qilinadi. Agar kam uxlasangiz — organizm nimadir sodir bo‘ldi deb hisoblaydi va yopirilib ishlash tartibiga o‘tadi.

Uyquning me’yoriy holatiga qaytishi ertasi kuni ertalab sizni bosh og‘rig‘idan xalos qiladi.

  1. Siz haddan tashqari ko‘p uxlaysiz

«Tungi uyquning 9 soatdan oshishi serotonin miqdorining pasayishiga olib keladi, — deb tushuntiradi  doktor Napoli. — Serotoninning past miqdori miyaga qon oqishini pasaytiradi va bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi».

  1. Sizga endorfinlar pand beradi

Organizm ertalab endorfinlar — baxt gormonlarini kam ishlab chiqaradi. Ba’zi odamlarda bu migren paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Endorfinlarning past miqdori boshqa neyromediatorlar, masalan serotonin miqdorini pasaytirishi mumkin. Uning kamayishi tomirlarning torayishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida miyaga yetarlicha qon yetib borishiga to‘sqinlik qiladi va bosh og‘rishiga sabab bo‘ladi.

  1. Siz xurrak otasiz

Agar siz qattiq xurrak otsangiz, bu uyqudagi apnoe holatidan darak beradi. Xurrak bo‘g‘ilish, nafas siqilishi va hatto tunda uxlab yotganingizda nafas olishning vaqtincha to‘xtashiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

  1. Siz depressiya holatida ko‘p bo‘lasiz

Depressiya holatida bosh og‘rig‘i kunning har qanday vaqtida yuz berishi mumkin. Bu serotoninning past miqdori bilan bog‘langan.

  1. Sizda arterial qon bosimi baland

«Agar sizda qon bosimi — 140/90 mm simob ustuniga teng yoki undan ham balandroq bo‘lsa, — sizning qoningiz boshdagi bosimni oshirib yuboradi, — deb tushuntiradi doktor Xorsandi. — Yuqori qon bosimi — bosh og‘riqlarining tipik sababi hisoblanadi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан