Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eski avtomobilni qo‘shimcha to‘lov bilan yangisiga almashtirish dasturiga o‘zgartirish kiritildi
18.10.2019 17:48,  
3905

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Prezidentning shu yil 18 iyuldagi farmoniga asosan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobillarni topshirib, qiymati orasidagi farqni to‘lash orqali yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturi 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etila boshladi.

Shunga ko‘ra, hukumatning qator qarorlariga "TRADE-IN" tushunchasi, ushbu dasturni qo‘llash tartibi va shartlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, avtomobillar fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga "TRADE-IN" dasturi bo‘yicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.

Shuningdek, rasmiy diler mazkur dastur bo‘yicha ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobilni sotib olganda, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hududiy DYHXX organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar belgilab berildi.

Bunda, avtomobilni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan tegishli ma’lumotnoma beriladi, ushbu ma’lumotnoma avtomobilni boshqarish huquqini bermaydi, shuningdek vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан