Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda bedarak yo‘qolgan qizning sakkiz yil o‘tib murdasi va qotili topildi (video)
27.11.2021 21:01,  
1399

Toshkentda bedarak yo‘qolgan qizning sakkiz yil o‘tib daragi chiqdi. Afsuski, uning tirigi emas, balki murdasi Toshkent viloyati Parkent tumanidagi dala hovlining yerto‘lasidan topildi.

Hali 18 yoshga to‘lmagan Nargiza 2012 yilning 25 sentyabrida Eski Jo‘va bozorida, o‘gay otasi, onasidan 9 yosh kichik bo‘lgan shar’iy nikohdagi Sanjarbek chaqirgani bois uning oldiga borgan va uyiga qaytib kelmagan.

Nargizaning yaqinlari shu vaqtgacha uni izlab ichki ishlar organlari va prokuraturaga murojaat qilib kelishgan. Mazkur ish yuzasidan 2012 yili tuman prokuraturasi tomonidan odam o‘g‘irlash jinoyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida aybdor shaxsni aniqlash imkoni bo‘lmagani sababli mazkur jinoiy ish bir necha bor harakatdan to‘xtatilgan.

Mazkur jinoyat ishi 2020 yili Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilgach, G‘iyosova Nargizaning bedarak yo‘qolishida qotillik alomatlari aniqlanganligi bois, jinoyat ishi qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Tezkor-surishtiruv natijasida Nargiza qotillik qurboni bo‘lgani, uni o‘gay otasi – Surxondaryo viloyatida 1984 yilda tug‘ilgan To‘xtayev Sanjarbek bo‘g‘ib o‘ldirib, dala hovli yerto‘lasiga ko‘mib yuborgani aniqlandi.

Toshkent viloyati sudi tomonidan To‘xtayev Sanjarbek 20 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан