Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Eski kelishmovchilikning bozordagi yechimi
16.03.2021 13:56,  
384

2021 yilning 11 mart kuni soat 15:00 larda 19 yoshli Shahzod Q., Uchtepa tumani O‘rikzor MFY.,da joylashgan O‘rikzor bozori hududidan o‘tib ketayotib, u yerda eski tanishi 23 yoshli Kamol D.,ni ko‘rib qolib, u bilan bog‘liq eski kelishmovchiliklarni eslab, jamoat joyida bo‘la turib, uni turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan boshi va tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazgan. Natijada Kamol D., bosh miya ochiq jarohati olgan. Bu haqida IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Shahzod Q.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан