Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Estafeta viloyat hokimligida: 82 million so‘mlik ruchkada kim imzo chekadi?
14.06.2021 19:58,  
468

So‘nggi vaqtlarda vazirliklar, hokimliklar, tashkilotlar orasida qimmatbaho ruchkalar sotib olish urf bo‘lmoqda. Masalan, bir necha kun avval Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga ikkita oltin ruchka xarid qilishi xaqida ma’lumot tarqaldi. Unda aytilishicha, vazirlikning kanselyariya jihozlarini yangilashga ehtiyoj paydo bo‘lgan ekan. Endi bo‘lsa estafeta Buxoro hokimligiga o‘tdi— deya yozmoqda ’Aniq.uz’.

Xabarlarga ko‘ra, Buxoro hokimligi 82 millionga Mont blanc brendi ostida chiqarilgan oltin ruchka buyurtma qilgan. Davlat xaridlari portaliga ushbu lot joylashtirilgan. Ushbu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida Buxoro hokimligi matbuot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev bilan bog‘landik. Uning “Zamon.uz” muxbiriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hokimlik bu summada hech qanday ruchkaga buyurtma bermagan.

Surishtiruvni davom ettirib, Moliya vazirligi bilan bog‘landik. Vazirlikning matbuot xizmati xodimi bergan ma’lumotga ko‘ra, chindan ham ruchkaga buyurtma berilgan. Buyurtmada quyidagi manzil ko‘rsatilgan:

Buyurtmachi manzili: Buxoro viloyati Buxoro sh. Buxoro viloyat Kogon sh. Buxoro shox ko‘chasi.

Yetkazib berish manzili: Buxorskaya viloyati Buxoro shahar Moxi-xossa qo‘rgoni 1- uy ko‘rsatilgan. Shartnoma summasi 82 mln so‘m.

Buxoro viloyati hokimligi ruchka buyurtma qilinganini inkor etmoqda. Moliya vazirligi esa yuqoridagi dalillarni taqdim etdi.

Xo‘sh, buyurtmani kim qilgan?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан